Sitemap — qidiruv tizimiga tavsiya etiladigan URL manzillar ro‘yxati, buyruq emas. Google qaysi sahifani tekshirish va indeksga qo‘shishni o‘zi hal qiladi.
Nima qilish kerak?
- Ro‘yxatdagi URL lar 200 status qaytarishini va noindex yo‘qligini tekshiring.
- Canonical boshqa maqolaga noto‘g‘ri yo‘nalmaganini ko‘ring.
- Matnning o‘ziga xosligi, foydasi va ichki havolalar mavjudligini baholang.
Nimaga e’tibor berish kerak?
Texnik, takroriy yoki indekslash taqiqlangan sahifalarni sitemap ga qo‘shmang. Faylni qayta yuborish indekslashni kafolatli tezlatmaydi.
100 URL dan 60 tasi indekslangan bo‘lsa, yangi 100 maqola yaratishdan oldin qolgan 40 tasining Search Console dagi sabablarini tekshiring.